G’afur G’ulom uy muzeyi bo’ylab sayohat

G’afur G’ulom uy muzeyi bo’ylab sayohat

2018 yil 22 маy kuni «Bilim» axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Toshkent Pedagogika kollejining «Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik» fakulteti o’quvchilari uchun «18-may muzeylar kuni» va G’afur G’ulom tavalludining 115-yilligi munosabati bilan G’afur G’ulom uy muzeyiga sayohat uyushtirildi. Ilk bor muzeyga tashrif buyurgan o’quvchilar taniqli yozuvchi va shoir G’afur G’ulomning muzey ko’rgazmasidan o’rin olgan nodir qo’lyozmalar va birinchi kitoblari haqida ma’lumotga ega bo’ldilar. Sayohat davomida G’afur G’ulomning oila a’zolari, shajarasi hamda yoshlik damlarida tug’ilib o’sgan uy maketini tomosha qilar ekanlar, yozuvchiga taqdim etilgan medallar, ordenlar hamda G’afur G’ulom nomi berilgan ko’chalar haqida muzey hodimi gapirib berdi. Ketish oldidan muzeyning esdalik daftariga o’quvchilar G’afur G’ulom uy muzeyidan olgan taassurotlarini yozib qoldirdilar.