♾ “Adabiyot va huquq uyg’unligi: G’afur G’ulom ijodida insonparvarlik, odillik va mehr-oqibat masalalari”

♾ “Adabiyot va huquq uyg’unligi: G’afur G’ulom ijodida insonparvarlik, odillik va mehr-oqibat masalalari”

✔️ 2020-yil 15-iyun kuni Toshkent davlat yuridik universitetida o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri, akademik, dramaturg G’afur G’ulom hayoti va ijodini chuqur o’rganish hamda aholi, ayniqsa yoshlar orasida keng targ’ib qilish maqsadida respublika onlayn konferensiyasi o’tkazildi.

👆Onlayn konferensiyada universitet rektori Rahimjon Xakimov, G’afur G’ulomning qizlari ularning uy muzeyi direktori Olmos Ahmedova, adibning o’g’illari Xondamir G’ulomov, shoir va yozuvchilar, san’atshunoslar, respublikaning barcha hududlaridan professor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

👆Respublika onlayn konferensiyasi Zoom platformasi orqali bo’lib o’tdi.

👆Konferensiyada G’afur G’ulom hayoti va ijodi bilan bog’liq, ularning shaxsiyatidagi xususiyatlari bo’yicha bir qator qiziqarli va ko’pchilikka ma’lum bo’lmagan ma’lumotlar, adib ijodidagi odillik va insonparvarlik masalalari ishtirokchilarga yetkazildi.

✍️ Konferensiya davomida universitet hamda adibning uy muzeyi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi hamda ularning hayoti va ijodini yosh avlodga yetkazish bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

👆 Shuningdek, onlayn konferensiyada joylardagi studiyalar orqali ham ishtirokchilar o’z fikr mulohazalari bilan ishtirok etishdi.

👆 Konferensiya materiallari to’plam holida chop ettirilishi hamda maqola va tezislar taqdim etgan ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanishi belgilangan.

🗣 G’afur G’ulom hayoti va ijodini o’rganish hamda keng targ’ib qilish ishlari davom etmoqda…