G’afur G’ulom uy muzeyi tarixi

G’afur G’ulom uy muzeyi tarixi

G’afur G’ulom uy-muzeyi O’zbekiston Respublikasining 1981 yil 16 iyun qaroriga va O’zbekiston Respublikasi Madaniayt vazirligining 1982 yil 22 noyabr oyidagi Buyrug’iga muvofiq tashkil etilgan.
Uy-muzey O’zbekiston Xalq shoiri, akademik G’afur G’ulomning 1944 – 1966 yillarda yashab ijod etgan uyida tashkil etilgan. Bu bino to’laligicha yodgorlik xonalaridan iborat bo’lib undan shoirning ijodxonasi, kutubxonasi, dam olish xonasi, bolalar xonasi, yotoqxonasi joy olgan. Ushbu xonalarda adibning buyumlari va boshqa ashyolar u hayotligi davridagi holatga keltirilgan.
2003 yilda G’afur G’ulomning 100 yillik yubileyi munosabati bilan uy-muzey ekspozisiyasi uchun yangi bino qurilib foydalanishga topshirilgan. Bu binoda G’afur G’ulomning hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi ekspozisiya joylashgan. Ekspozisiyada shoirning qo’lyozmalari, asarlari, fotosuratlari, hujjatlari, xatlari, portretlari va boshqa shaxsiy hujjatlari namoyish qilingan.