G’afur G’ulom uy-muzeyi haqida ma’lumot

G’afur G’ulom uy-muzeyi haqida ma’lumot

Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining 1981 yil 16 iyun qaroriga va Oʻzbekiston Madaniyat ministrligining 1982 yil 22 noyabr oyidagi Buyrugʻiga muvofiq tashkil etilgan ilmiy-targʻibot va ilmiy-tadqiqot tashkilotidir. Uy-muzey 1983 yilning oktyabr oyidan boshlab ziyoratchilarni qabul qila boshlagan. Uy-muzey Oʻzbekiston Xalq shoiri, akademik Gʻafur Gʻulomning 1944 – 1966 yillarda yashab ijod etgan uyida tashkil etilgan. Uy-muzey binosi 1943 yilda qurilgan. Shoir vafotidan soʻng bu yerda uy-muzey tashkil qilingunga qadar shoirning oila aʼzolari yashashgan. Bu tarixiy bino toʻlaligacha yodgorlik xonalaridan iborat. Yaʼni shoirning ijodxonasi, dam olish xonasi, kutubxonasi, mehmonxona, yotoqxona, bolalar xonasidan iborat.Uy-muzeydagi buyumlar Gʻafur Gʻulom hayotligi davrida qanday boʻlsa shu holatda saqlanmoqda. Gʻafur Gʻulom yashab ijod etgan ushbu maskan butunligicha ziyoratgohga aylantirilgan boʻlib, madaniyat yodgorligi sifatida davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Muzey ekspozitsiyasi va fondi Gʻafur Gʻulomning shaxsiy buyumlari, kitoblar, qoʻlyozma va toshbosma kitoblar, fotosuratlar va negativlar, grafik va moyboʻyoq suratlar, asarlariga ishlangan illyustratsiyalar, xat va telegrammalar, orden va medallar, sanʼat asarlari, haykallar, qoʻlyozmalar, antiqa buyumlar, musiqa asboblari, mebellar, shoir ovozi yozilgan magnit tasmalari, hujjatli va badiiy filmlar, uy-roʻzgʻor buyumlari va turli sovgʻalardan iborat. Uy-muzeyda 11000 dan ortiq eksponatlar jamlangan.

1983 yilda uy-muzey hovlisiga esa Gʻafur Gʻulomning bronzadan ishlangan haykali oʻrnatilgan boʻlib uning muallifi haykaltarosh Yakov Shapirodir.

2003 yilda Gʻafur Gʻulomning 100 yillik yubileyi munosabati bilan uy-muzeyning ekspozitsiyasi va fondni saqlash xonasi uchun yangi bino qurib foydalanishga topshirildi. Muzey yangi binosining birinchi qavatida direktor, ilmiy xodimlar, hisobchi, fondni saqlash xonasi va maʼruzalar zalidan iborat iborat boʻlib, ikkinchi qavatda esa Gʻafur Gʻulomning hayoti va ijodi haqida hikoya qiladigan adabiy-badiiy ekspozitsiya joylashgan.

Uy-muzey ekspozitsiyasi quyidagi boʻlimlardan iborat:

  1. Fafur Fulomning bolalik va oʻsmirlik yillari.
  2. Fafur Fulomning nasriy ijodi.
  3. Fafur Fulom mohir tarjimon.
  4. Fafur Fulom otashin publitsist.
  5. Fafur Fulom sheʼriyati.
  6. Gʻafur Gʻulom – akademik.
  7. Gʻafur Gʻulom ijodi Ikkinchi jahon urushi yillarida.
  8. Oʻzbekni dunyoga tanitgan shoir.
  9. Gʻafur Gʻulom ijodi adabiyotshunoslikda.
  10. Gʻafur Gʻulom va mustaqil Oʻzbekiston.

Uy-muzeyda tashkil etilgan koʻrgazmalar:

  1. Gʻafur Gʻulom va qozoq adabiyoti.
  2. Gʻafur Gʻulom ijodi rassomlar nigohida.
  3. Gʻafur Gʻulom va Oybek.
  4. Gʻalabaga hissa qoʻshgan asarlar.
  5. Gʻafur Gʻulom zamondoshlari xotirasida.
  6. Gʻafur Gʻulom va bolalar.

afur ulom uy-muzeyining manzili:

Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,

Chilonzor tumani, Arpapoya koʻchasi 1-uy.

Indeks : 700003. Tel: 245-43-94